Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 09:23
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 16 » 20 yildan so‘ng kutilayotgan o‘zgarishlar
14:35
20 yildan so‘ng kutilayotgan o‘zgarishlar

Dunyo mamlakatlari orasida innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanuvchi AQShlik kashfiyotchi Raymond Kursveyl (1974 yilda u ko‘rlar uchun o‘qish qurilmasini yaratgan va hozirgi internet haqida bashorat qilgan) Venadagi kongressda kelgusi 20 yil ichida axborot texnologiyalari sohasida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Uning fikricha, 2030 yilga borib, internet bizning barcha sezish a'zolarimizga ta'sir ko‘rsata oluvchi virtual muhitga aylanadi.

Bu shuni anglatadiki, biz internet orqali hidlarni sezamiz. Tasvirni ajratish tizimi tufayli esa ko‘z pardalarida (3 o‘lchovli tizimda) virtual muhitlar paydo bo‘ladi – boshqacha qilib aytganda, bizda o‘rmon, bog‘, plyaj yoki konferens zalda bo‘lgandek to‘liq his paydo bo‘ladi.

2014 yilda yoki uzog‘i bilan 2020 yilga borib superkompyuterlarning qudrati inson ongi qudratiga tenglashtiriladi. Kompyuterlar noan'anaviy ko‘rinishga keltiriladi. Ular kiyim yoki boshqa jismlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Masalan, tashqi displeyli ko‘zoynaklar, ular yordamida turli funksiyalarni bajarishimiz mumkin. 2029 yilda superkompyuterlar Tyuring testidan o‘tishi mumkin (olimlar fikricha Tyuring testidan faqat onglilar o‘tadi). Bu esa o‘z navbatida insoniyat taraqqiyotining rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Kursveylning fikricha, tibbiyot sohasida ham juda katta o‘zgarishlar kutilmoqda, ya'ni inson organizmiga ko‘plab mikroskopik nanorobotlar o‘rnatiladi. Ular inson qon aylanish tizimidagi kapillyar qon tomirlari orqali harakatlanib, kasallikning endigina boshlanish vaqtini aniqlaydi. Bu shundan dalolat beradiki, kasallikni davolash imkoniyati keskin ravishda oshadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, insoniyat har doim taraqqiy etib boraveradi. Taraqqiyot minglab kashfiyotlar natijasidir. Kashfiyot esa minglab izlanishlar, urinishlar yig‘indisi. Demak, hammamizda taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shish imkoni bor. Shuning uchun doimo oldimizga maqsad qo‘yaylik va shu maqsad sari intilib yashaylik. Zero, intilganga tole yordir!

Просмотров: 769 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024