Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 04.05.2024, 16:38
Sayt menyusi

Kalendar
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2012 » Aprel » 10 » Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012
11:19
Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012
Dunyodagi elektron hukumat eng rivojlangan mamlakatlar, BMT – 2012
                               
kitob bo'sa kerak
BMT mart oyida jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishiga bag‘ishlangan o‘zining hisobotini hamda reytingini chiqardi. Hujjat "E-Government Survey 2012: E-Government for the People” deb nomlanib, unda dunyoning 190 mamlakatida hukumat organlarining turli xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga qanchalik tayyor ekanliklari hamda imkoniyatlari baholangan.
Ushbu reyting ilk marta 2003-yilda tuzilgan bo‘lib, bu yilgisi hisob bo‘yicha o‘ninchichisi sanaladi.
Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkichdan foydalanilgan: onlayn-xizmatlar ko‘lami va sifati, AKT-infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi va inson kapitali.
Har bir ko‘rsatkichni baholashda esa bir qancha ichki ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Masalan, onlayn-xizmatlarning ko‘lami va sifatini baholashda tadqiqotchilar mamlakatning hukumat portalini, davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan asosiy portal hamda turli vazirliklar saytlarini baholashgan. Bunda o‘sha portal yoki saytda kontentning mavjudligi va uning sifati hamda ushbu resurslardan foydalanish imkoniyati e’tiborga olingan.
Shunday qilib, Janubiy Koreya ketma-ket ikki yildan beri elektron hukumatning rivojlanganligi bo‘yicha jahonda yetakchilikni o‘zida saqlab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Daniya va AQSH band qilgan.
Jahon mamlakatlarida elektron hukumatning rivojlanishi indeksi, BMT – 2012 O‘rniMamlakatIndeks
1Janubiy Koreya0.9283
2Niderlandiya0.9125
3Buyuk Britaniya0.8960
4Daniya0.8889
5AQSH0.8687
6Fransiya0.8635
7Shvetsiya0.8599
8Norvegiya0.8593
9Finlandiya0.8505
10Singapur0.8474
11Kanada0.8430
12Avstraliya0.8390
13Yangi Zelandiya0.8381
14Lixtenshteyn0.8264
15Shveysariya0.8134
16Isroil0.8100
17Germaniya0.8079
18Yaponiya0.8019
19Luksemburg0.8014
20Estoniya0.7987


Reytingning to‘liq variantini mana bu yerdan topishingiz mumkin. Hisobotning PDF shaklidagi to‘liq variantini esa mana bu joydan ko‘chirib olishingiz mumkin.
O‘zbekiston ushbu reytingda 0,51 indeks bilan 91-o‘rinda turibdi. Bu ko‘rsatkich butun dunyo bo‘yicha o‘rtacha indeksdan (0,496) yuqori. O‘zbekiston bu borada Markaziy Osiyo davlatlari ichida faqatgina Qozog‘istondan (indeks = 0,684; 38-o‘rin) ortda qolmoqda xolos. Turkmaniston – 125-o‘rinda (0,381), Tojikiston – 121-o‘rinda (0,407), Qirg‘iziston esa – 99-o‘rinda (0,488) turibdi.
Прикрепления: Surat 1
Просмотров: 2038 | Добавил: asi | Теги: AsrStudio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024