Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 04.05.2024, 15:46
Sayt menyusi

Kalendar
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2012 » Yanvar » 14 » Jahon savdo tashkiloti nihoyat Rossiyani a’zolikka qabul qildi
10:50
Jahon savdo tashkiloti nihoyat Rossiyani a’zolikka qabul qildi
Jahon savdo tashkiloti nihoyat Rossiyani a’zolikka qabul qildi
23.12.2011 |
Jahon savdo tashkilotining (JST) 16-dekabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan majlisida Rossiyani tashkilotga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi. Bu haqda "RIA Novosti” agentligi Kremlning matbuot-xizmati ma’lumotiga tayangan holda ma’lum qilgan.
Undan avvalroq Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Vladimir Putin Rossiyaning JSTga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokolni imzolagan edi. Bundan tashqari, mamlakat prezidenti Dmitriy Medvedev ham ushbu munosabat bilan barchani tabrikladi. Chunki, 18 yil davom etgan muzokaralar natijasida Rossiya, nihoyat, JST a’zosiga aylandi.
Endilikda, Rossiya hukumati 220 kun ichida ratifikatsiyaga oid ichki masalalarni hal qilganidan so‘ng, tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Shunday qilib, 2012-yil o‘rtalariga kelib Rossiya JST a’zolari safida bo‘ladi.
18 yil davom etgan muzokaralar samarasi o‘laroq, Rossiya 2011-yilning kuzida JSTning barcha a’zolaridan uni tashkilotga qabul qilinishi uchun rozilik oldi. Biroq, faqatgina Gruziya bunga rozilik bermagan edi. Ammo, noyabr oyi boshlarida Moskva va Tbilisi Shveysariyaning vositachiligi asosida ikki tomonlama kelishuvga erishdi. 10-noyabr kuni esa Rossiyaning JSTga qo‘shilishi to‘g‘risidagi yakuniy protokol qabul qilindi.
JSTga kirish doirasida Rossiya mamlakatga import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, pivo, vino va boshqa bir qator tovarlar uchun bojxona majburiyatlarini kamaytirishga hamda avtokonsernlar va avtomobil qismlarini yetkazib beruvchilar uchun bir qator imtiyozlarni kiritishga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, Moskva endilikda Yevropa samolyotlaridan mamlakat hududi ustidan uchib o‘tganligi uchun hech qanday to‘lov olmaydi.
Ma’lumot o‘rnida:
Jahon savdo tashkiloti (World Trade Organization) 1995-yil 1-yanvarda tashkil qilingan bo‘lib, u 1947-yilda imzolangan Tariflar va savdo to‘g‘risidagi umumiy bitim (General Agreement on Tariffs and Trade, GATT) bazasida shakllantirilgan. Tashkilotning bosh maqsadi xalqaro savdoni liberallashtirishdan iborat. Hozirgi kunda tashkilotga 152 ta mamlakat a’zo.

Tezkor qidiruv: GATT, Jahon savdo tashkiloti, JST, Rossiya, Rossiya-JST
Прикрепления: Surat 1
Просмотров: 1777 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024