Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 10:01
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 16 » Milliy bozor salohiyati namoyishi
14:24
Milliy bozor salohiyati namoyishi
O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Ushbu jarayonda dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarning ham o‘ziga yarasha o‘rni bor.

Respublikamizda texnologik jarayonlar darajasi va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, ishlanmalarni rag‘batlantirish hamda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi sababli dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar soni yildan-yilga oshib boryapti. O‘z navbatida, dasturchi mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifati o‘zgarmoqda, ushbu yo‘nalishda bir qator o‘quv markazlari faoliyat yurityapti. Bir so‘z bilan aytganda, dasturchilar tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar iqtisodiyotning barcha sohalarida ish sifati, unumdorlik, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam bermoqda.

Ma'lumki, dasturiy mahsulotlar bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar Milliy ko‘rgazmasini o‘tkazish an'anaga aylangan. Navbatdagi, "BEST SOFT UZBEKISTAN 2011” dasturiy mahsulotlar Milliy ko‘rgazmasi 11-12 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasi hayotida muhim voqea hisoblangan ushbu keng ko‘lamli tadbirga Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmui mezbonlik qildi.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari X.Mirzohidov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Jo‘raboyevlar qatnashdi va so‘zga chiqishdi. Ta'kidlandiki, dasturiy ta'minot sohasini rivojlantirishga iqtisodiy siyosatning muhim omillaridan biri sifatida qaragan holda, Yurtboshimiz qarorlari bilan dasturiy mahsulotlarga ixtisoslashgan korxonalarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu qulayliklar respublikamizda dasturlash sanoatini rivojlantirish imkonini beradi.

"BEST SOFT UZBEKISTAN 2011” ko‘rgazmasi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilgan. Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati sub'yektlari o‘z-o‘zidan kichik biznes sub'yektlari hisoblanadi va bundan tashqari, ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yo‘naltirilgan. Ko‘rgazma doirasida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari uchun bir qator o‘quv seminarlari o‘tkazilib, eng yaxshi dasturiy mahsulot respublika tanlovi nominatsiyalari qatoriga "Kichik biznes va tadbirkorlik uchun eng yaxshi dasturiy mahsulot” nomli alohida nominatsiya ham kiritildi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari, jumladan, dasturiy mahsulotlar kirib bormagan sohaning o‘zi qolmadi. Bevosita mazkur ko‘rgazmaga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, keng omma va mutaxassislarni o‘zimizda chiqarilayotgan intellektual ishlanmalar hamda loyihalar implementatsiyasi (bajarilishi) amaliyoti bilan yaqindan tanishtirishdan tashqari, mahalliy dasturchilar, xususan, shu yo‘nalishda izlanayotgan yoshlarni qo‘llab-quvatlash, ular uchun erkin ijod muhiti yaratish, aniqroq aytganda, dasturiy mahsulotlar sohasidagi eng muvaffaqiyatli loyiha va mahsulotlarni taqdim etish, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan ta'lim jarayonlarini yanada jadallashtirish, mamlakatimizda bu sohani institusional qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, uning rivojlanish jarayonlari me'yoriy-huquqiy bazasini ta'minlash kabi bosh vazifalari belgilab qo‘yilgan.

Ko‘rgazma umumiy maydoni 400 kvadrat metrni tashkil etdi va undan 50dan ortiq kompaniya va ta'lim muassasalari o‘rin egalladi. Taqdimotlar orasida ishlab chiqish vositalari, loyihalarni amalga oshirish, ta'lim, axborot xavfsizligi, multimedia, dizayn kabi yo‘nalishlarda eng ko‘p mahsulot va loyihalar namoyish etildi.

Milliy ko‘rgazma doirasida bir qator tadbirlar, jumladan, O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati, mamlakatimizda elektron hukumatni qo‘llash shakli taqdimoti, "Axborot texnologiyalari mutaxassisi kasbi kuni” vakansiyalar yarmarkasi o‘tkazildi.

"BEST SOFT UZBEKISTAN 2011” yakuniga ko‘ra, "Dasturiy mahsulot – yil markasi”, "2010 yili eng muvaffaqiyatli tatbiq etilgan loyiha”, "IT-ta'lim sohasidagi eng yaxshi kompaniya” nominatsiyalari g‘oliblari aniqlandi.

So‘z — ishtirokchilarga:

Vasliddin TO‘YChIEV,
Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi veb-xizmati administratori:

– Stendimizda asosiy o‘rin Xalq ta'limi vazirligining uzedu.uz portali namoyishiga ajratilgan. Saytga xalq ta'limi tizimiga tegishli juda ko‘plab dasturlar,
ma'lumot va resurslar joylashtirilgan, biroq ko‘pchilik bundan xabardor bo‘lmagani uchun undan foydalanish darajasi past, shuning uchun ham saytimizni, uning imkoniyatlarini keng ommaga, ta'lim sohasi mutasaddilariga bugungi ko‘rgazma orqali yetkazishni ma'qul topdik. Masalan, 2010 yili mamlakatimizda 7 tilda 152 xil darslik chiqqan bo‘lsa, ularning elektron shakli saytimizda bor va darsliklarni topishda qiynalayotganlar ularni ko‘chirib olib foydalanishsa bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning ota-onalariga mo‘ljalangan turli qo‘llanmalar, adabiyotlar, psixologik o‘yinlar saytdan o‘rin olgan.
Qolaversa, o‘quv-tarbiya jarayoni monitoringi va davomatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi — SAMMER dasturini ham ishlab chiqqanmiz. Bu dasturni istalgan ta'lim muassasasida joriy etish mumkin va unda turli test bazalari mavjud, bir paytning o‘zida 500ta tinglovchidan test-nazorat olish imkoniyati mavjud.

Shohrux RUSTAMOV,
MICROS kompaniyasi rahbari katta assistenti:

– Kompaniyamiz O‘zbekiston bozorini xorijiy litsenziyali dasturiy mahsulotlar bilan ta'minlash orqali tanilgan. Biroq bugungi ko‘rgazmada asosan o‘zimizning kompaniyada tayyorlangan RWS va U-Scale kabi dasturiy mahsulotlar bilan ishtirok etyapmiz. Masalan, U-Scale – elektron tarozilaridan eng kichik buyumlardan boshlab ulkan yuk mashinalarigacha og‘irligini o‘lchash mumkin.
Albatta, diler sifatida yurtdoshlarimizni xorijiy hamkorlarimiz tomonidan chiqarilgan litsenziyali antivirus, amaliyot tizimlari dasturiy ta'minotlari bilan ham yaqindan tanishtiryapmiz.

Sanjar OTAXONOV,
TATU Farg‘ona filiali 4-bosqich talabasi:

– Ko‘rgazmaga o‘zimiz ishlab chiqqan milliy internet-qidiruv tizimi — axtarish.uz bilan kelganmiz. Bu tizim .UZ domeni resurslari bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi. Uni TATU Farg‘ona filiali talabasi Ruslan Aliyev ikkalamiz ikki oy mobaynida ishlab chiqdik. Saytni hozir sinov-test tariqasida ishga tushirganmiz.
Sobit AHADOV, "Xabar” muxbiri
Просмотров: 980 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024