Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 04.05.2024, 16:38
Sayt menyusi

Kalendar
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2012 » Aprel » 10 » “Philips” kompaniyasi “sezgir” LCD-monitor ishlab chiqardi
11:34
“Philips” kompaniyasi “sezgir” LCD-monitor ishlab chiqardi
Monitor
"Philips” kompaniyasi o‘zining "ErgoSensor Monitor” deb nomlangan 24-dyumlik yangi LCD-monitorlarini sotuvga chiqardi. Yangi monitorning xosligi shundaki, unga yuqori texnologik moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u foydalanuvchining kompyuter oldida to‘g‘ri o‘tirishini nazorat qiladi.
Masalan, foydalanuvchi kompyuter ekraniga judayam yaqin holatda o‘tirsa, "ErgoSensor” unga belini to‘g‘rilashini yoki ekrandan uzoqroq o‘tirishni tavsiya qiladi. Agarda foydalanuvchi kompyuter oldida belgilangan normal vaqtdan ko‘p o‘tirsa, ekran unga biroz tanaffus qilishni maslahat beradi.
Monitorning konstruksiyasi ergonomika standartlariga to‘liq javob beradi. Unga o‘rnatilgan taglik "SmartErgoBase” deb nomlanib, u ekranni bemalol burish va qiyshaytirish hamda qiyalik va balandlikni boshqarish imkonini beradi.
San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetining tibbiyot bo‘yicha professori Devid Rempel "Wired” jurnaliga bergan izohida kompyuter ekranining markazi ko‘zning quyi chegarasidan 10-20 gradus yuqorida turishi lozimligini ta’kidlagan.
"ErgoSensor” atrof-muhitga ham befarq emas. Agarda ma’lum vaqt davomida ekran qarshisida biror foydalanuvchi o‘tirmasa, monitor avtomatik ravishda o‘chadi. Bundan tashqari, uning korpusining 65 foizi qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan. Monitorning Yavropadagi narxi 285 yevroga teng.
Прикрепления: Surat 1
Просмотров: 916 | Добавил: asi | Теги: AsrStudio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024