Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 11:23
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 25 » Xitoyda intellektual mulk huquqi buzilmoqda, AQSh esa bundan milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda
10:32
Xitoyda intellektual mulk huquqi buzilmoqda, AQSh esa bundan milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda



Xitoyda intellektual mulk huquqining buzilishi hamda patentlangan texnologiyalardan noqonuniy ravishda foydalanish evaziga Amerika kompaniyalari 2009-yilda 48 mlrd. $ miqdorida zarar ko‘rgan. Bu haqda AQShning Xalqaro savdo bo‘yicha komissiyasi tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, komissiya ekspertlari shunday xulosaga keldiki, agarda Xitoy intellektual mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradigan bo‘lsa, AQShda 2,1 million yangi ish o‘rni ochiladi. Bundan, asosan, yuqori texnologiyalar sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar foyda ko‘radi.
"Xitoyda kuzatilayotgan noqonuniy faoliyat natijasida AQSh iqtisodiyoti milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda hamda amerikaliklar millionlab ish o‘rinlarini yo‘qotmoqda”, – deydi AQSh senatining moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Maks Bokus.
"Xitoy hozirda amerikaliklarga tegishli intellektual mulk huquqlarini buzibgina qolmasdan, AQSh kompaniyalariga nisbatan o‘zining kamsitish siyosatida davom etmoqda, – deydi u. Bunday holatga e’tiborsiz qarab bo‘lmaydi”.
Kuzatuvchilarning fikricha, ushbu hisobot Barak Obama ma’muriyatiga Xitoyga nisbatan "intellektual qaroqchilik” masalasida jiddiyroq bosim o‘tkazishga yordam berishi mumkin. Manba: Vesti.ru

Просмотров: 1195 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024