Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 11:15
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 16 » Yaponiyaning davlat qarzi rekord darajaga yetdi
14:15
Yaponiyaning davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Yaponiyaning davlat qarzi 924 trln. iyena (11 trln. $)lik rekord ko‘rsatkichga yetdi, deya xabar beradi mamlakatning Moliya vazirligi. Bunda kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi davlat qarzi miqdori esa 90 ming dollarni tashkil etadi. O‘tgan yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, mamlakatning qarz majburiyatlari 500 mlrd. $ ga oshgan.
Iqtisodchilar Yaponiya davlat qarzining keskin oshib ketishiga davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni sabab sifatida keltirishmoqda.
Yaponiya hukumatining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi 2012-yilning mart oyiga kelib 12 trln. $ lik marrani kesib o‘tadi. Yaponiya hozirda 11-mart kuni yuz bergan tabiiy ofat yuzasidan qo‘shimcha budjet loyihasi ustida ishlamoqda.
Yaponiya hukumati zilzila keltirgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun o‘zining zaxiralaridan foydalanishga majbur bo‘ldi. Tabiiy ofat yuz bergandan keyinoq, moliya bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha 200 mlrd. $ likvidlik chiqarildi. Keyinchalik, mamlakatni qayta tiklash uchun qo‘shimcha 48,5 mlrd. $ ajratildi. Ekspertlar tabiiy ofat keltirib chiqargan umumiy zararni 300 mlrd. $ miqdorida baholashmoqda.
Yaponiya yaqinda 10 trln. iyena (122 mlrd. $)dan ortiq qiymatda obligatsiya chiqarishini ham ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Yaponiya iqtisodiyoti tabiiy ofat yuz berguncha ham unchalik yaxshi holatda emasdi. Davlat qarzi allaqachon yalpi ichki mahsulotga nisbatan 200% darajaga yetgan, mamlakatda asosan yoshlar orasida sezilarli darajada ishsizlik mavjud. Aholi esa hukumatdan yanada ko‘proq ijtimoiy ko‘mak talab qilmoqda.
Biroq, Yaponiya dunyodagi eng qarzdor davlatga aylanganicha yo‘q. Amerika Qo‘shma Shtatlarining davlat qarzi 2011-yil 1-aprel holatiga 14,251 trln. $ ga yetgan edi.
Прикрепления: Surat 1
Просмотров: 842 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024