Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 11:15
Sayt menyusi

kategoriyalar

Statistika

Asosiy » Статьи » Мои статьи

Buyuk minoralar Aloqa tarixi muzeyida
Ekspozitsiya asosan dunyoning buyuk teleminoralari fotosuratlari hamda Toshkent teleminorasi maketidan tuzilgan va ikki qismga bo‘linib, birinchisiga dunyo miqyosida balandligi bo‘yicha birinchi o‘nlikdan joy olgan teleminoralar hamda Eyfel minorasining fotosuratlari va ular haqidagi ma'lumotlar, markazda esa Toshkent teleminorasining maketi joylashtirilgan. Ekspozitsiyaning ikkinchi qismida ikkinchi o‘nlikka kiruvchi teleminoralarning fotosuratlari o‘rnatilgan.

– Ekspozitsiyaga kiritilgan har bir teleminora o‘z tarixi, me'moriy yechimiga ega bo‘lib, aksariyati o‘z mamlakatlari ramziga aylangan, qolaversa, Jahon buyuk minoralar federatsiyasi a'zosi hisoblanadi, – deydi muzey direktori Tohir Nazarjonov. – Ekspozitsiya xodimlarimiz tomonidan tayyorlandi, Toshkent teleminorasi maketi esa Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan taqdim etildi.

Muzeyga tashrif buyuruvchilar – aloqachilar, talabalar, maktab o‘quvchilari endi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot asrimiz shijoatini aks ettiruvchi osmono‘par bu inshootlar bilan ham yaqindan tanishishadi, inson zakovatiyu qudratiga yana bir bor tasannolar aytishadi.


Источник: http://xabar.uz/uz/news/telecom/405/
Категория: Мои статьи | Добавил: asi (16.05.2011) | Автор: admin E W
Просмотров: 1400 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024