O‘zbekiston aholisi soni 28,6 million kishidan ortdi
12.08.2011 |
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2011-yil birinchi yarim yilligi
yakunlariga ko‘ra 28 million 639 ming kishini tashkil qildi. Eslatib
o‘tamiz, ushbu ko‘rsatkich joriy yil boshida 28,23 million kishidan
iborat bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamiz aholisining 51,3 foizi, ya’ni 14,697 million kishi shahar hududlarida istiqomat qilmoqda.
Doimiy aholi – bu, mamlakat hududida doimiy yashovchi hamda vaqtinchalik yashamayotgan shaxslardir.
Tezkor qidiruv: aholi statistikasi
|