Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 06:59
Sayt menyusi

Kalendar
«  Iyun 2012  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2012 » Iyun » 07
АҚШнинг Вебстер университетининг вице-президенти ж-б Жулиан Шустер 15 ва 17 май кунлари Тошкент ахборот технологияларига ташриф буюрди.
Ташриф давомида меҳмон университет раҳбарияти билан учрашди ва ўз қизиқишларини билдирди. Ўзаро музокаралар ва фикрлар алмашинуви натижасида ТАТУ ва Вебстер университети ўртасида таълим соҳасида Англашув Меморандуми имзоланди ва келажакда таълим соҳасида амалга ошириладиган ишлар келишиб олинди.
Просмотров: 1921 | Qo'shildi: asi | Kun: 07.06.2012 | Fikrlar (3)

beeline
 
Bilayn” yanvardan mayga qadar amalga oshirilgan xayriya faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. 2012 yilning birinchi besh oyida ushbu maqsadlarga 750 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

"Ijtimoiy mas’uliyat – "Bilayn”ning O‘zbekistondagi faoliyatining asoslaridan biri, – deydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Bu bizni abonentlar bilan birlashtiradigan jihat, chunki biz amalga oshirilayotgan ishlarda kompaniyaning har bir mijozining hissasi bor. Shuning uchun biz ko‘maklashayotgan istalgan xayrli ish yagona yorqin brend bilan birlashgan millionlab odamlardan chiqadi”.

Xayr-saxovat va korporativ ijtimoiy mas’uliyat "Bilayn” faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu faoliyatning an’anaviy yo‘nalishlari – sport, ta’lim va madaniyat. Ular "Asrlar sadosi” An’anaviy madaniyat festivali va "Hayot uchun!” Forum-marafoni kabi keng ko‘lamli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Abdulla Achilov quyidagilarni qayd qildi: "Mamlakatimizda yosh bolalar sportiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik respublika kelajagining mustahkam asosi sanaladi. Biz "Bilayn”dan O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish uchun qo‘shgan bebaho hissasi uchun minnatdormiz va hamkorlikni davom ettirishdan umidvormiz”.

Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab qariyb 7,5 million abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida uning ofislari ochilgan, shuning uchun "Bilayn”ning ijtimoiy strategiyasida munitsipal va hududiy hokimiyatlar bilan yaqin hamkorlikda hududlarni obodonlashtirishda ko‘maklashish katta rol o‘ynaydi. Bolalarga, nogironlarga va faxriylarga yordam berishga mo‘ljallangan insonparvarlik aksiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

"Bilayn” urush qatnashchilariga ajratayotgan e’tibor haqiqatan ham bebaho, – voqeani sharhlaydi "Nuroniy” Jamg‘armasi Markaziy kengashining raisi Erkin Bakibaev. – O‘zbekistonning barcha faxriylari nomidan kompaniyani bayram tadbirlarini o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oxirgi yillarda Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlar qahramonliklari unutib yuborilmaganligini ko‘rib, his etayotgan urush qatnashchilarimiz uchun yaxshi an’anaga aylandi”.

Shuningdek, kompaniya sa’y-harakatlariga ko‘plab xayriya loyihalarida, shu jumladan o‘z tashabbuslariga ko‘ra shaxsan ishtirok etuvchi uning xodimlari ham sherik bo‘lishlarini ta’kidlash joiz
Yangilash: Suratlar 1
Просмотров: 1010 | Qo'shildi: asi | Kun: 07.06.2012 | Fikrlar (0)

Copyright MyCorp © 2024