Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 09:52
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 16 » Dasturchilar milliy forumi
14:31
Dasturchilar milliy forumi
Shu yilning 10 may kuni Aloqa tarixi muzeyida "BEST SOFT UZBEKISTAN 2011” O‘zbekiston dasturchilarining milliy forumi o‘tkazildi. Ushbu forum to‘rtinchi bor O‘zbekiston softver sanoatining yetakchi mutaxassislarini jamladi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Abdullayev, Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiya va axborot tizimlari masalalari departamenti yetakchi mutaxassisi Z.Mutalov va Aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari X.Mirzohidov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi.

Milliy dasturchilar forumida O‘zbekiston softver sanoati, ochiq dasturiy ta'minot, uning mahsulotlari va yechimlari hamda IT-ta'limning rivojlanish muammolari, istiqbollari, shuningdek ko‘plab boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Z.Rahmatullayev mamlakatimizda softver sanoatining amaldagi holati bo‘yicha ma'lumot berdi. Ma'ruzachining bildirishicha, ayni paytda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar soni 241tani tashkil etadi. Avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2005 yili bunday korxonalar soni 100ta, 2009 yili 210ta bo‘lgan. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan dasturiy mahsulotlar soni 268taga yetgan. Bunday o‘sishning asosiy sabablaridan biri dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun o‘z vaqtida soliq imtiyozlari joriy qilinganligidir.

Mazkur yo‘nalishda kadrlar, asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi, Toshkent xalqaro vestminster universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda maxsus o‘quv markazlari (USD Micros va boshqalar)da tayyorlanadi. E'tibor berganingizdek, dasturlash borasida mukammal bilimga ega bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar faqat poytaxtga kelib ta'lim olishlari zarur. Bu esa ayrim qiyinchiliklarni tug‘dirishi, tabiiy. Masalani ijobiy hal qilish maqsadida viloyatlarda ham Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazining filiallari ochilmoqda.

Forumda nafaqat mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, balki xorij kompaniyalari vakillari ham ma'ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Kun davomida bir qator yangi ishlanmalar auditoriya e'tiboriga havola etildi. Jumladan, milliy dasturchilar va dasturiy vositalar katalogi — software.uz mutaxassislar qiziqishiga sabab bo‘ldi. Mazkur katalogning asosiy maqsadi dasturiy vositalar bozorini rivojlantirishni va milliy dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy vositalar ishlab chiqarish sanoatini va dasturiy vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. Katalog milliy dasturchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish, dasturiy vosita ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish; dasturlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish va iqtidorli dasturchilarni aniqlash, dasturiy mahsulotlar olamidagi yangiliklar bilan tanishtirish, dasturiy vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtma va loyihalarni e'lon qilish, tashkilotlarni va dasturchilarni yuridik qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

Forum ishtirokchilari shu kabi yigirmadan ortiq qiziqarli va ahamiyatga molik ma'ruzalarni tinglash bilan bir qatorda, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish, mamlakatda dasturiy ta'minot sohasini institusional qo‘llab-quvvatlashga oid takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish, soha taraqqiyotiga oid jarayonlarni me'yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda softver sanoati sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

"BEST SOFT UZBEKISTAN 2011” dasturchilar milliy forumi yakunida ko‘tarilgan masalalar va muhokamalardan kelib chiqib, mamlakatimizda dasturiy ta'minot yo‘nalishini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Просмотров: 849 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 +79043226565   (20.05.2011 20:53) [Материал]
+79043226565

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024