Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 04.05.2024, 11:10
Sayt menyusi

Kalendar
«  Sentyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » Sentyabr » 30 » “Manchester Yunayted” eng qimmat sport brendi deb e’lon qilindi
11:23
“Manchester Yunayted” eng qimmat sport brendi deb e’lon qilindi

/manutd_2Manchester Yunayted” futbol klubi dunyodagi eng qimmat sport brendi deb e’lon qilindi. Bu haqda "Marketing Week” nashri "Brand Finance” agentligi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilgan.
O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, "Manchester Yunayted” brendining qiymati 2005-yildan 2011-yilgacha 109 foizga oshgan va 412 million funt-sterlingga yetgan. "Brand Finance” brend qiymatining o‘sishini uning egasi sanalgan Gleyzerlar oilasining muvaffaqiyatli siyosati bilan bog‘lamoqda.
2011-yilda klubning yillik daromadi rekord summani ko‘rsatib, 110 million funt-sterlingga yetdi. Klub hozirda "Nike”, "Aon”, "Audi” va "DHL” kabi mashhur brendlar bilan 20 dan ortiq shartnoma imzolagan.
Shu yili klub egalari Singapur fond birjasida klubning aksiyalarini ochiq savdoga qo‘yishni, ya’ni IPO (initial public offering) amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida xabar qilinganidek, klub IPO natijasida bir milliard dollarga yaqin mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda. "The Sunday Mirror” gazetasining yozishicha, "Manchester Yunayted” klubining egalari sanalgan Gleyzerlar oilasi klubning 25 foiz aksiyasini ochiq bozorda sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted” jamoasi so‘nggi yetti yildan beri Forbes jurnali tomonidan "Jahonning eng qimmat klubi” deya tan olinib kelinmoqda. 2011-yilning aprel oyida jurnal klubni 1,86 milliard dollar qiymatida baholagan edi. Biroq, klubning qarzdorligi 750 million dollarni tashkil qiladi.
"Manchester Yunayted”ning 2010-2011 – yilgi Angliya chempionatidagi g‘alabalaridan so‘ng u mamlakatning eng muvaffaqiyatli klubi deb topildi.
"Manchester Yunayted” klubi 19 karra Angliya chempioni sanaladi, u bu borada ko‘p yillardan beri Angliya premyer-ligasining nomdor klubi – "Liverpul”dan o‘zib ketgan.

Tezkor qidiruv: brend, Manchester Yunayted

Прикрепления: Surat 1
Просмотров: 921 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.1/1000
Всего комментариев: 1
0  
1 asi   (30.09.2011 11:32) [Материал]
[color=red] happy

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024