Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti!
Shanba, 18.05.2024, 11:23
Sayt menyusi

Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

kategoriyalar

Malumotlar arxivi

Statistika

Asosiy » 2011 » May » 25 » Rossiya xalqaro zaxiralarda oltinning o‘sishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi
10:50
Rossiya xalqaro zaxiralarda oltinning o‘sishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi

Rossiya 2010-yilda o‘zining xalqaro zaxiralari tarkibidagi oltin miqdorini 139,6 tonnaga oshirgan holda, ularning jami hajmini 789 tonnaga yetkazdi. Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining ma’lum qilishicha, mamlakat ushbu ko‘rsatkich dinamikasi bo‘yicha jahonda mutlaq yetakchiga aylandi.
2009-yilgi reytingda Xitoy va Hindiston o‘zining oltin zaxiralarini mos ravishda 454,1 va 199,1 tonnaga oshirgan holda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashgan edi. Rossiya esa o‘shanda o‘zining monetar oltin miqdorini 129,4 tonnaga oshirib, reytingning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.
Xitoy va Hindiston 2010-yilda o‘zlarining oltin zaxiralarini oldingi yil darajasida saqlab turdi (mos ravishda 1 054 va 557 tonna).
Jahon bozorida oltinning narxi o‘tgan yili 29% ga oshganligini hisobga olsak, mamlakatlarning xalqaro zaxiralari tarkibidagi oltinning qiymati ham sezilarli darajada oshdi.
Hozirgi kungacha jahonda monetar oltin zaxiralari bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham ularning oltin-valyuta zaxiralari tarkibida monetar oltinning ulushi ancha yuqori. Masalan, AQSh avuarlarida (zaxira aktivlarida) oltinning ulushi 75,2% ni, Germaniyada – 71,2%, Italiyada esa – 69,9% ni tashkil etadi.
Shunday qilib, AQSh 2010-yil yakunlariga ko‘ra ham xalqaro zaxiralarda eng ko‘p oltinga ega (8 134 tonna) mamlakat sifatida o‘z o‘rnida mustahkam turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa Germaniya – 3 401 tonna, Italiya – 2 452 tonna, Fransiya – 2 435 tonna, Xitoy – 1 054 tonna, Shveysariya – 1 040 tonna. Rossiya ushbu reytingda yettinchi o‘rinni egallab turibdi – 789 tonna. Uning ortida Yaponiya – 765 tonna.
Rivojlangan mamlakatlarda saqlanayotgan monetar oltinning miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, ular butun dunyo bo‘ylab jami xalqaro zaxira aktivlari (oltin-valyuta zaxiralari) tarkibida 45,7% ulushga ega xolos.
Jahonda oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha Xitoy yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi. 2011-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra uning xalqaro zaxiralari miqdori 2,895 trln. $ ni tashkil qildi hamda bu ko‘rsatkich jahondagi jami oltin-valyuta zaxiralarining 30,7% qismiga teng. Undan keyin Yaponiya – 1,096 trln. $ (11,6%), AQSh – 490,8 mlrd. $ (5,2%), Rossiya – 479,4 mlrd. $ (5,1%), Tayvan – 396 mlrd. $ (4,2%). Manba: РИА Новости
Просмотров: 665 | Добавил: asi | Рейтинг: 0.1/111
Всего комментариев: 1
0  
1 4trewt   (27.05.2011 11:41) [Материал]
rgf

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Copyright MyCorp © 2024